SHARQIY FARG‘ONA URUG‘ MEVALI BOG‘LARIDA SHIRA-PARAZIT- GIPERPARAZIT TIZIMINING TRITROFIK ALOQALARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada Sharqiy Farg‘ona urug‘ mevali bog‘ agrotsenozlarida (olma, nok va behi) 2022–2025 yillar davomida uchrovchi shira zararkunandalari, ularning parazit entomofaglari hamda giperparazitlari tur tarkibi va uchrash darajasi o‘rganildi. Dala kuzatuvlari natijasida shiralarning bir nechta turlari aniqlanib, ular orasida Aphis pomi dominant zararkunanda sifatida qayd etildi. Parazit entomofaglar orasida Ephedrus plagiator, Praon volucre va Aphelinus mali eng yuqori uchrash darajasiga ega bo‘lib, asosiy biologik nazorat agentlari sifatida ajralib chiqdi. Shuningdek, giperparazit turlar (Pteromalidae, Figitidae va Megaspilidae oilalari) ham aniqlanib, ularning agroekotizimdagi roli baholandi. Tadqiqot natijalari asosida urug‘ mevali bog‘larda murakkab “o‘simlik– shira–parazit–giperparazit” tritrofik aloqalar tizimi shakllanganligi aniqlandi. Ushbu tizimda parazit entomofaglar zararkunanda populyatsiyasini tabiiy ravishda boshqarishda muhim rol o‘ynaydi, giperparazitlar esa ushbu jarayonni qisman cheklovchi yuqori trofik bo‘g‘in sifatida ishtirok etadi. Olingan natijalar biologik kurash tizimlarini takomillashtirish va agroekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Hali tarjima qilinmagan