Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

DAVLAT ISHTIROKIDAGI TRANSPORT KORXONALARIDA BOSHQARUV ORGANLARI JAVOBGARLIGINI IQTISODIY NATIJALAR BILAN BOGʻLASH MEXANIZMLARI

2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada davlat ishtirokidagi transport korxonalarida boshqaruv organlari javobgarligini iqtisodiy natijalar bilan bog'lash mexanizmlari o'rganildi. Agentlik munosabatlarini modellashtirish, normativ hujjatlarni qiyosiy tahlil qilish va korxonalar misollarini o'rganish usullari qo'llanildi. Davlat, vakolatli organ, kuzatuv kengashi va ijroiya organ o'rtasidagi hisobdorlik munosabatlari tizimlashtirildi. Moliyaviy, operatsion, xizmat sifati va xavfsizlik ko'rsatkichlarini birlashtiruvchi vaznli baholash tizimi taklif etildi. Rahbar mukofotini yig'ma samaradorlik koeffitsiyentiga bog'lovchi shartnoma hamda natijalarni kengash qarorlariga qaytaruvchi konseptual model ishlab chiqildi. Ochiq ma'lumotlardan mexanizmning amaliy mantig'ini yoritishda foydalanildi. Maqsadlarni belgilash, audit orqali tekshirish va natijalarni ochiqlash yo'nalishlari asoslandi. Bunda boshqaruv vazifalari o'zaro muvofiqlashtirildi. Takliflar keyingi amaliy sinovlar uchun nazariy asos sifatida shakllantirildi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba