Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

POLIMETILENNAFTALINSULFOKISLOTA ASOSIDA MODIFIKATSIYALANGAN POLIEFIR QATRONLARINING TUZILISH XOSSALARINI TURBIDIMETRIYA USULIDA TADQI ETISH

Azizbek Goyipov¹ Toshkent Kimyo-Texnologiya Instituti, Tayanch doktorant, Toshkent, O‘zbekistonSuvonqul NurmanovO‘zbekiston Milliy Universiteti, t.f.d., Professor, Toshkent, O‘zbekiston
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada polimetilennaftalinsulfokislota (PMNS) asosida modifikatsiyalangan poliefir qatronlarining strukturaviy xossalari turbidimetriya usuli yordamida tadqiq qilindi. Tadqiqot davomida PMNS va polidietilenglikoladipinat (PDAT) komponentlarining turli organik erituvchilardagi eruvchanligi o‘rganilib, turbidimetrik tahlil uchun dimetilformamid eng maqbul erituvchi, izobutil spirti esa samarali cho‘ktiruvchi sifatida tanlandi. PMNS va PDAT asosida 30:1, 50:1, 70:1 hamda 100:1 mol/mol nisbatlarda sintez qilingan modifikatsiyalangan poliefir qatronlarining turbidimetrik titrlash egri chiziqlari tahlil qilindi. Olingan natijalar modifikatsiyalangan poliefirlarning molekulyar- massaviy taqsimoti, fazaviy ajralish kinetikasi hamda makromolekulyar tuzilishining komponentlar nisbatiga bog‘liqligini ko‘rsatdi. Tadqiqotlar natijasida 70:1 mol/mol nisbatdagi PMNSP qatroni maksimal optik zichlik va eng tor molekulyar-massaviy taqsimotga ega ekanligi aniqlandi. Shuningdek, modifikatsiyalangan poliefir qatroni va unga ekvivalent tarkibli mexanik aralashmaning turbidimetrik titrlash egri chiziqlarini qiyosiy tahlil qilish asosida sintez qilingan mahsulotning yaxlit kimyoviy tuzilishga ega sooligomer ekanligi tasdiqlandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar