KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARDA EMOTSIONAL LIDERLIKNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLAR
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda emotsional liderlik sifatlarini shakllantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlarning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqot doirasida interfaol metodlar, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, refleksiv yondashuv hamda kooperativ o‘qitish texnologiyalarining emotsional liderlik kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilindi. Tajriba-sinov ishlari natijalariga ko‘ra, ushbu yondashuvlar o‘quvchilarning emotsional o‘zini boshqarish, empatiya, ijtimoiy muloqot va tashabbuskorlik ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim amaliyotida emotsional liderlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik tizimni takomillashtirishga xizmat qiladi.