O'ZBEKISTON HUDUDLARIDA QURILISH FAOLLIGI VA QURILISH MATERIALLARIGA TALABNING FAZOVIY MUTANOSIBLIGINI BAHOLASH
Annotatsiya
Maqolada O'zbekistonning 14 hududi bo'yicha 2025-yildagi qurilish faolligi va qurilish materiallariga talab bosimining fazoviy mutanosibligi baholandi. Talab aholi jon boshiga investitsiyalar va 1000 kishiga ishga tushirilgan uy-joy maydoni, faollik esa aholi jon boshiga qurilish ishlari va o'sish sur'ati orqali ifodalandi. Rangoviy normallashtirish, to'rt kvadrantli matritsa, Spirmen koeffitsiyenti, butstrep va permutatsion test qo'llandi. Umumiy profillar bog'liqligi o'rtacha, ammo 5 foiz darajada ahamiyatsiz; qurilish ishlari bilan investitsiyalar o'rtasida kuchli ijobiy bog'liqlik aniqlandi. Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatida talab bosimi, Sirdaryo va Jizzaxda esa faollik ustun. Natijalar quvvatlar, logistika va dilerlik tarmoqlarini hududiy rejalashtirishga xizmat qiladi.