KICHIK BIZNESDA BANDLIK SAMARADORLIGINI BAHOLASH: HUDUDIY VA TARMOQ DIFFERENSIALLASHUVI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada kichik biznes subyektlarida bandlik samaradorligini uning miqdoriy qamrovidan farqli o‘laroq baholash, shuningdek ushbu samaradorlikning hududlar va faoliyat tarmoqlari kesimidagi differensiallashuvini aniqlash masalalari yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi — bandlik samaradorligini bandlik ulushi va qo‘shilgan qiymat ulushi o‘rtasidagi nisbat orqali diagnostika qilish hamda uni to‘rt o‘lchovli mualliflik bahosi asosida hududlar va tarmoqlar kesimida qiyoslashdan iborat. Tadqiqot uslubi sifatida bandlik–qiymat tafovuti (BQT) indikatoriga asoslangan hududiy tahlil, tarmoq strukturaviy tahlili hamda ekspert baholash usuli qo‘llanilgan. Natijada aniqlandiki, BQT ko‘rsatkichi hududlar kesimida Surxondaryodagi 1,8 foiz punktdan Navoiy viloyatidagi 33,7 foiz punktgacha, Toshkent shahrida esa manfiy –1,9 foiz punktgacha o‘zgaradi — bu farq hududning sanoat konsentratsiyasi darajasi bilan bevosita bog‘liq. Tarmoq tahlili kichik biznesning qishloq xo‘jaligi (91,9%), chakana savdo (83,0%) va qurilishda (73,6%) yuqori, sanoatda esa nisbatan past (34,9%) ulushga ega ekanini, biroq aynan sanoat segmentida eng yuqori o‘sish sur’ati (yiliga 14,8%) kuzatilayotganini ko‘rsatdi. To‘rt o‘lchovli baholash natijasida bandlik qamrovi yuqori (5,0 ball), dinamik barqarorlik va iqtisodiy samaradorlik o‘rta (har biri 3,0 ball), rivojlanish salohiyati esa yuqori (4,5 ball) daraja bilan tavsiflandi. Tadqiqot natijalaridan hududiy va tarmoq bandlik siyosatini differensiallashtirishda, davlat qo‘llab-quvvatlash dasturlariniloyihalashtirishda foydalanish mumkin.