Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MORPHOLOGICAL AND PHYTOGEOGRAPHICAL CHARACTERISTICS AND CONSERVATION PROBLEMS OF ASTRAGALUS NAMANGANICUS POPOV IN THE FERGANA VALLEY

Mashrabov S.N.Namangan davlat universiteti
2026en
ABI

Annotatsiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada Fabaceae Lindl.oilasiga mansub, Fargʻona vodiysining mintaqaviy endem turi hisoblangan Astragalus namanganicus Popov turining morfologik, fitogeografik va ekologik xususiyatlari hamda muhofaza masalalari kompleks yoritilgan.2022-2026-yillarda Namangan, Andijon va Fargʻona viloyatlarining adir va togʻoldi hududlarida oʻtkazilgan dala tadqiqotlari, TASH, LE, FRU va MW gerbariy fondlari materiallari (70 dan ortiq namuna), shuningdek GBIF, POWO va Plantarium ma'lumotlar bazalari asosida turning 1925-2026-yillarga oid 250 dan ortiq uchrash nuqtasi tahlil qilindi.Tadqiqot natijalariga koʻra, tur Fargʻona vodiysining toʻrt botanik-geografik rayonida -Janubiy Chotqol (51,2%), Sharqiy Oloy (25,6%), Chorkesar (19,2%) va Qayroqqum-Yozyovon (4,0%) -dengiz sathidan 430-1130 m balandlik oraligʻida, tosh-shagʻalli va gipsli boʻz tuproqlarda tarqalgan boʻlib, ekologik optimumi 550-750 m balandlikka toʻgʻri keladi.2022-2026-yillarda aniqlangan yangi oʻsish nuqtalari asosida turning ma'lum tarqalish maydoni sezilarli darajada kengaytirilib, EOO koʻrsatkichi 4 099 km² dan 13 561 km² gacha, AOO koʻrsatkichi esa 52 km² dan 264 km² gacha oshirildi.BIOMOD2 platformasida amalga oshirilgan ensemble bioiqlimiy modellashtirish SSP245 iqlim ssenariysi boʻyicha 2080-2100-yillarga kelib turning potensial areali 27-37% ga qisqarishini va optimal balandlik zonasining 550-800 m dan 900-1300 m gacha yuqoriga siljishini bashorat qildi.GeoCAT vositasi yordamida hisoblangan koʻrsatkichlar, populyatsiyalarning kuchli fragmentatsiyasi va doimiy qisqarish tendensiyasi asosida tur IUCN mezonlariga koʻra EN (Endangered -Xavf ostida) kategoriyasiga kiritildi.Tadqiqot natijalari asosida in-situ va ex-situ muhofaza chora-tadbirlari, jumladan yangi muhofaza hududlarini tashkil etish, yaylov boshqaruvi, urugʻ bankini yaratish, reintroduksiya dasturi hamda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston transchegaraviy hamkorlik mexanizmi ishlab chiqildi. Kalit soʻzlar: Astragalus namanganicus,

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar