Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

LEKSIKA VA MADANIYATNING O‘ZARO ALOQASI HAMDA UNING ILMIY TALQINI

2026uz

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada leksika va madaniyatning o‘zaro uzviy aloqasi hamda uning ilmiy talqini lingvokulturologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda tilning madaniyatni aks ettiruvchi va shakllantiruvchi vosita sifatidagi o‘rni yoritilib, leksik birliklar orqali milliy qadriyatlar, mentalitet va dunyoqarashning ifodalanishi ochib beriladi. Sapir–Whorf gipotezasi doirasida til va tafakkur o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy asosda izohlanadi. Shuningdek, o‘zbek tili leksikasining tarixiy shakllanishi, boshqa madaniyatlar ta’siri va globallashuv jarayonlaridagi o‘zgarishlar qiyosiy-tahliliy metod asosida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari leksika va madaniyatning o‘zaro ta’siri ikki tomonlama jarayon ekanligini hamda bu jarayon milliy identifikatsiya va madaniyatlararo muloqotda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba