Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

GAT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA XORAZM VILOYATI BUG‘DOY AGROTSENOZLARIDA ODDIY QAMISH (PHRAGMITES AUSTRALIS (CAV.) TRIN. EX STEUD.) TARQALISHINING FAZOVIY TAHLILI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada Xorazm viloyatining sug‘oriladigan bug‘doy agrotsenozlarida oddiy qamish — Phragmites australis (Cav.) Trin. ex Steud.ning tarqalishi dala monitoringi, GPS va geografik axborot tizimlari (GAT) asosida o‘rganildi. Tadqiqotlar Qo‘shko‘pir, Bog‘ot, Xazorasp, Yangibozor, Tuproqqal’a va Xonqa tumanlarida olib borilib, jami 40 ta fermer xo‘jaligining 66 ta monitoring nuqtasi qamrab olindi. Monitoring nuqtalarining 37,9 % Qo‘shko‘pir, 24,2 % Bog‘ot, 16,7 % Xazorasp, 12,1 % Yangibozor hamda 4,5 % dan Tuproqqal’a va Xonqa tumanlariga to‘g‘ri keldi. Ayrim nazorat maydonlarida GPS va fotomonitoring uyg‘unlashtirilib, Yangibozordagi “Bo‘zqala Nur jahon”, Xazoraspdagi “Sotiboldi Kulol” va Qo‘shko‘pirdagi “Odamboy Xursand” fermer xo‘jaliklarida qamish uchragan maydonlar geografik jihatdan o`rganildi. GAT yondashuvi qamish o‘choqlarini fazoviy qayd etish, takroriy kuzatuvlar va manzilli boshqaruv choralarini rejalashtirish uchun ilmiy-uslubiy asos yaratadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar