ALGORITMIK FIKRLASHNI RIVOJLANTIRUVCHI RAQAMLI PLATFORMANI LOYIHALASHNING KONSEPTUAL MODELI (PYTHON MISOLIDA)
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan talabalarning kognitiv-algoritmik fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi raqamli platforma loyihasining konseptual modeli bayon etilgan. Mavjud muammo shundaki, talabalar dasturlash asoslarini oʻrganishda til sintaksisini oʻzlashtira olsalar-da, algoritmlarni mustaqil tuzish va ma’lumotlarni tahlil qilish bosqichida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Algoritmik fikrlash kompyuter savodxonligining oʻlchanadigan asosi sifatida olinib, unda beshta bosh tarkibiy qism ajratib koʻrsatiladi: dekompozitsiya, abstraksiya, naqshlarni aniqlash, algoritmlash hamda baholash va mulohaza yuritish. Galperin, Vigotskiy va Peypert kabi olimlarning ilmiy qarashlariga tayangan holda, har bir komponentni aniq platforma funksiyalari va Python vositalari bilan bogʻlovchi beshta dizayn prinsipi ishlab chiqilgan. Maqola doirasida mazkur modelning mavjud cheklovlari, pedagogik sinov natijalari va istiqboldagi rivojlanish yoʻnalishlari atroflicha koʻrib chiqilgan. Nazariy tahlil va modellashtirish usullariga asoslangan holda, kompyuter fikrlashi, kognitiv psixologiya va dasturlashni oʻqitish metodologiyasiga oid ilmiy manbalar oʻrganildi. Shuningdek, model tarkibidagi har bir komponentni baholash mezonlari va rivojlanishning uch bosqichli darajasi ishlab chiqildi.
Hali tarjima qilinmagan