Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA NUTQIY FAOLIYAT FE'LLARINING SEMANTIK MAYDONI VA PRAGMATIK DIFFERENSIALLASHUVI

Xurshida Nasimovna IbodovaAxborot texnologiyalari va menejment universiteti assistent o'qituvchisi
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz va o'zbek tillaridagi nutqiy faoliyat fe'llarining semantik maydoni, illokutsion kuchi va pragmatik differensiallashuvi qiyosiy-lingvistik nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi nutqiy faoliyat fe'llarining oddiy "nutqni ifodalovchi fe'llar" sifatida emas, balki kommunikativ harakatni nomlovchi, so'zlovchining maqsadi va tinglovchiga yo'naltirilgan ta'sirini kodlovchi birliklar sifatida namoyon bo'lishi bilan belgilanadi. J.L. Austinning performativlik konsepsiyasi, J.R. Searlening illokutsion aktlar tasnifi, Brown va Levinsonning xushmuomalalik nazariyasi hamda Wierzbickaning semantik yondashuvi nazariy-metodologik asos sifatida olindi. Material sifatida ingliz tilidagi promise, request, apologize, declare, advise, thank kabi fe'llarning lug'aviy va kontekstual qo'llanishlari hamda ularning o'zbek tilidagi semantik muqobillari qiyosiy-semantik, komponent, kontekstual-pragmatik va leksikografik tahlil metodlari yordamida o'rganildi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, formal ekvivalentlik har doim pragmatik ekvivalentlikni ta'minlamaydi; fe'lning kommunikativ kuchi kontekst, ijtimoiy masofa, maqom va nutqiy vaziyat bilan belgilanadi. Shu asosda nutqiy faoliyat fe'llarini leksikografik tavsiflash uchun semantik, sintaktik va pragmatik belgilarni birlashtiruvchi model taklif etiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba