Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

OROLBO‘YI HUDUDIDA IQLIM O‘ZGARISHINING ZARARLI CHIGIRTKALAR (Acrididae) RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Orolbo‘yi hududida kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishlarining zararli chigirtkalar (Acrididae) populyatsiyasi rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. Hududda havo haroratining ortishi, yomg‘ir miqdorining kamayishi va qurg‘oqchil sharoitlarning kuchayishi chigirtkalarning ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratgan bo‘lsa-da, ayrim to‘da hosil qiluvchi turlar hozircha zarar keltirish mezoni darajasiga yetmaganligi aniqlandi. 2025-2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani saksovulzorlarida olib borilgan dala tadqiqotlari davomida Osiyo, Italiya, Misr chigirtkasi, Turon yoki qir chigirtkasi, cho‘l chigirtkasi, katta saksovul bukur chigirtkasi va kichik saksovul bukur chigirtkalari aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, iqlim omillarining o‘zgarishi chigirtkalarning rivojlanish davri, populyatsiya zichligi va tarqalish hududlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi: namlikka talabchan turlar kamayib, qurg‘oqchilikka moslashgan turlar sonining ortishi kuzatilmoqda. Shu sababli hududda zararli chigirtkalar populyatsiyasini muntazam monitoring qilish zarurligi ta’kidlanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba