INNOVATSION BANK XIZMATLARINING PAYDO BO'LISHI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada innovatsion bank xizmatlarining shakllanishi, tarixiy rivojlanish bosqichlari va zamonaviy tendensiyalari tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqotda bank xizmatlarining an’anaviy filial modelidan avtomatlashtirilgan xizmatlar, internet-banking, mobil banking, fintech, biometrik identifikatsiya, sun’iy intellekt va raqamli ekotizimlar tomon evolyutsiyasi yoritilgan. Shuningdek, innovatsion xizmatlarning paydo bo‘lishiga ta’sir etuvchi texnologik, iqtisodiy va institutsional omillar aniqlangan. O‘zbekiston bank tizimida masofaviy bank xizmatlari, QR va NFC to‘lovlari, Face ID orqali raqamli identifikatsiya hamda to‘lov tashkilotlari faoliyatining kengayishi asosida zamonaviy tendensiyalar baholangan. Tadqiqot natijalari innovatsion bank xizmatlarining asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini yagona evolyutsion modelda guruhlash va banklar uchun texnologik innovatsiyalarni mijozga yo‘naltirilgan biznes model bilan uyg‘unlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.