Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

FARG‘ONA VODIYSIDA BRACHIONIDAE (ROTIFERA) OILASI TURLARINING O‘RGANILISH TARIXI VA ZAMONAVIY TAKSONOMIK HOLATI

Feruza Bahodirovna AbduraxmonovaQo‘qon davlat universitetiMaqsadjon Jumanovich MadumarovQo‘qon davlat universiteti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur sharh maqolada Farg‘ona vodiysida tarqalgan Brachionidae (Rotifera) oilasining o‘rganilish tarixi, zamonaviy taksonomik holati va kelgusi tadqiqot yo‘nalishlari tahlil qilingan. Brachionidae Rotifera tipining turga boy va ekologik jihatdan muhim oilalaridan biri bo‘lib, dunyo chuchuk suv havzalarida keng tarqalgan. Maqolada xorijiy, MDH va O‘zbekiston mualliflarining ishlari hududiy va xronologik tamoyil asosida tizimlashtirilgan. Rotifer World Catalog (RWC) ma’lumotlariga ko‘ra, oila tarkibida 7 avlodga mansub 177 ta qabul qilingan tur qayd etilgan. Asosiy avlodlar Brachionus, Keratella, Notholca, Anuraeopsis va Platyias turlarning diagnostik belgilari va kriptik tur komplekslari ko‘rib chiqilgan. Farg‘ona vodiysida oilaning tizimli faunistik inventarizatsiyasi o‘tkazilmaganligi, mavjud ma’lumotlar eski nomenklaturaga asoslanganligi va molekulyar-genetik tasdiqdan o‘tmaganligi aniqlangan hamda integrativ (morfologik va molekulyar) yondashuvni qo‘llash zarurligi asoslab berilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar