Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

G‘O‘ZA (Gossypium hirsutum L.) DURAGAYLARIDA HOSILDORLIK KOMPONENTLARINING KOMPLEKS O‘ZGARUVCHANLIGI VA SELEKSIYA UCHUN ISTIQBOLLI KOMBINATSIYALARNI ANIQLASH

2026uz

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Tadqiqotda g‘o‘zaning hosildorlik komponentlari — jami ko‘saklar soni va ochilgan ko‘saklar sonining ota-ona genotiplari, F₁ duragaylari hamda F₂ populyatsiyalaridagi genetik o‘zgaruvchanligi kompleks baholandi. Yulduz, Niso, Guliston, SSB K-1, T-1336 va T-1391 genotiplari asosida 30 ta F₁ kombinatsiyasi olindi va ularning F₂ avlodlari o‘rganildi. Jami ko‘saklar soni bo‘yicha eng yuqori geterozis Niso × Yulduz (58,2%) va Niso × Guliston (51,5%) kombinatsiyalarida, ochilgan ko‘saklar soni bo‘yicha esa Niso × Yulduz (53,7%) va Niso × Guliston (52,1%) kombinatsiyalarida qayd etildi. F₂ populyatsiyalarida ikkala belgi bo‘yicha fenotipik o‘zgaruvchanlik kengaydi va irsiylanish ko‘rsatkichlari seleksiya uchun amaliy ahamiyatga ega genetik farqlar mavjudligini ko‘rsatdi. Kompleks baholashda Niso × Yulduz va Niso × Guliston kombinatsiyalari ikkala belgi bo‘yicha ham yuqori natija ko‘rsatgani sababli alohida ajralib turdi. Shuningdek, Yulduz × T-1336, Niso × T-1336 va T-1336 × T-1391 kombinatsiyalari seleksiya uchun istiqbolli material sifatida baholandi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba