O‘QUVCHILARDA HAYOTIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA ADABIYOT FANINING TARBIYAVIY VA RIVOJLANTIRUVCHI IMKONIYATLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
mazkur maqolada adabiyot fanining o‘quvchilar shaxsini har tomonlama rivojlantirish, ularni mustaqil hayotga tayyorlash hamda zarur hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi tarbiyaviy va rivojlantiruvchi imkoniyatlari yoritiladi. Badiiy asarlar orqali o‘quvchilarda insoniy qadriyatlar, mas’uliyat, empatiya, mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv, muammolarni hal etish va qaror qabul qilish kabi kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Adabiyot darslarini hayotiy vaziyatlar, ijtimoiy tajriba va zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslanadi.