Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA QURILISH LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA KAPITAL BOZORINING ZAMONAVIY INSTRUMENTLARIDAN FOYDALANISH AMALIYOTI

Jurabek K. IgitovToshkent arxitektura qurilish universiteti.dotsent (PhD)
2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada rivojlangan mamlakatlarda qurilish loyihalarini kapital bozori mexanizmlari orqali moliyalashtirishning nazariy, institutsional va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Qurilish tarmog‘ining yuqori kapital talabchanligi, investitsiya davrining uzoqligi, yirik moliyaviy resurslarga ehtiyoji hamda risklarning ko‘p qirraliligi sharoitida an’anaviy moliyalashtirish manbalari bilan bir qatorda kapital bozorining zamonaviy instrumentlaridan foydalanish zarurati asoslangan. Tadqiqotda IPO, SPO, korporativ obligatsiyalar, Project Bonds, Green Bonds, Sustainability Bonds, REIT, infratuzilma investitsiya fondlari, sekyuritizatsiya va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining qurilish loyihalarini moliyalashtirishdagi funksional xususiyatlari tahlil qilingan. AQSh, Germaniya, Fransiya, Yaponiya va Singapur tajribasi institutsional va qiyosiy yondashuvlar asosida o‘rganilib, kapital bozori instrumentlarining loyiha risklari, investorlar kapitali va barqaror pul oqimlari bilan bog‘liqligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari asosida O‘zbekiston qurilish sohasida uzoq muddatli investitsiya resurslarini diversifikatsiyalash, kapital bozori instrumentlarini rivojlantirish va ularni institutsional muhit bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: kapital bozori, qurilish loyihalari, moliyalashtirish, investitsiyalar, IPO, SPO, korporativ obligatsiyalar, Project Bonds, Green Bonds, Sustainability Bonds, REIT, sekyuritizatsiya, SPV, institutsional investorlar, PPP, Project Finance, ESG, moliyaviy barqarorlik

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba