Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Mamlakatimiz kichik sanoat zonalarini rivojlantirishda xorij tajribasidan foydalanish imkoniyatlari

Jamshid KarimovToshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada O'zbekistonda kichik sanoat zonalarini (KSZ) tashkil etish va rivojlantirishga ta'sir etuvchi ichki va tashqi omillar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy asoslar tahlil qilingan. Tadqiqotda statistik, qiyosiy va normativ-huquqiy tahlil usullaridan foydalanildi. Natijalar respublikada 396 ta KSZda 1144 ta kichik biznes subyekti faoliyat yuritayotganini, KSZlardagi ish o'rinlari soni 2020-yildagi 16,5 mingtadan 2025-yilda 40,9 mingtaga yetganini ko'rsatdi. KSZ rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar tashqi (tabiiy-iqlim, siyosiy, ijtimoiy, davlat tomonidan tartibga solish, resurs va bozor) va ichki (raqobat, kooperatsiya va innovatsion aloqalar) guruhlarga ajratildi. Xorij tajribasi asosida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini o'z vaqtida barpo etish, ijara to'lovlarini hududlar bo'yicha tabaqalashtirish va soliq imtiyozlarini faoliyat turlari bo'yicha qayta ko'rib chiqish taklif etilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba