1H-1,2,3-TRIAZOL HOSILALARIDA HALQA AZOTINING KVATERNIZATSIYASI VA ULARNING AMALIY AHAMIYATI
Annotatsiya
Ushbu ilmiy sharhda 1H-1,2,3-triazol hosilalarida geterotsiklik halqa azotining kvaternizatsiyalanish (to‘rtlamchi tuz hosil qilish) reaksiyalari, xususan, 1,2,3- triazoliy tuzlarining shakllanish qonuniyatlari bo‘yicha zamonaviy adabiyot ma’lumotlari chuqur tizimlashtirilgan. 1,4-Dialmashingan 1,2,3-triazollarning N3 holati bo‘yicha alkillanishining yuqori regioselektivligi elektron zichlik taqsimoti, chegara molekulyar orbitallari (HOMO/LUMO) hamda fazoviy to‘siqlar nuqtai nazaridan nazariy jihatdan asoslab berilgan. NH-triazollarning prototrop tautomeriyasi sharoitida N1/N2/N3 alkillanish dinamikasi va kuchli elektron-akseptor guruhlar saqlagan hosilalarning kvaternizatsiya xususiyatlari qiyosiy tahlil qilingan. Triazoliy kationi shakllanishini tasdiqlovchi asosiy fizik- kimyoviy mezonlar, jumladan, ¹H YaMR spektrida H-5 protonining kuchli ekransizlanishi (deshielding) natijasida kuchsiz maydonga (quyi maydonga, Δδ ≈ 1,5–1,8 m.u.) siljishi, ¹³C va ¹⁵N YaMR korrelyatsiyalari, IQ-spektroskopiyasi hamda monokristall rentgen-tuzilmaviy tahlil (RSMA) dalillari umumlashtirilgan. Shuningdek, 1,2,3-triazoliy tuzlarining ruteniy katalizatorisiz 1,5-dialmashingan triazollarga regioselektiv o‘tishdagi, barqaror mezoion karbenlar (MIC / 1,2,3-triazol-5-ilidenlar) va ularning o‘tuvchi metall komplekslarini sintez qilishdagi amaliy ahamiyati ko‘rsatilgan. Kationik geterotsiklning membrana bilan faol o‘zaro ta’siri tufayli namoyon bo‘ladigan yuqori antibakterial, antifungal, o‘smaga qarshi hamda antileyshmanial biologik faolligi va “tuzilma–faollik” bog‘liqligi (SAR) tahlil qilinib, sohadagi mavjud ilmiy bo‘shliqlar aniqlangan.
Hali tarjima qilinmagan