SANOAT KORXONALARIDA MARKETING SAMARADORLIGINI AHP, DEA VA KPI KOʻRSATKICHLARI ASOSIDA BAHOLASHNI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Maqolada korxona marketing faoliyati samaradorligini baholashning uch bosqichli integral metodikasi taklif etilgan. Birinchi bosqichda iyerarxiyalarni tahlil qilish usuli (AHP) yordamida baholash mezonlarining ogʻirlik koeffitsiyentlari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda ma'lumotlar qobigʻini tahlil qilish usuli (DEA) orqali marketing resurslaridan foydalanishning texnik samaradorligi oʻlchanadi, uchinchi bosqichda esa asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) AHP ogʻirliklari bilan birlashtirilib, integral indeks hisoblanadi. Metodika oʻn ikkita shartli korxona ma'lumotlarida sinovdan oʻtkazilgan. Natijalar DEA koeffitsiyenti va integral indeks yuqori darajada muvofiq ekanini (Spearman korrelyatsiyasi 0,881) hamda marketing xarajatlarining 22,2 foizi foydalanilmagan zaxira ekanini koʻrsatdi. Ilmiy yangilik uch usulni yagona hisoblash sxemasiga birlashtirish hamda korxonalarni toʻrtta boshqaruv guruhiga ajratuvchi kvadrant modelini taklif etishdan iborat.