Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O'ZBEKISTON FOND BOZORI SHAROITIDA AKSIYADORLIK JAMIYATLARI AKSIYALARINING BOZOR QIYMATINI BAHOLASHDA DISKONT STAVKALARINI HISOBLASH USLUBIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH

Musabek Ruslan O'g'li IsmailovToshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston fond bozori sharoitida faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining bozor qiymatini baholashda diskont stavkasini hisoblash uslubiyotini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Rivojlangan moliya bozorlari uchun ishlab chiqilgan an’anaviy CAPM va WACC modellarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash mahalliy bozorning past likvidliligi, benchmark daromadlilik egri chizig‘ining to‘liq shakllanmaganligi, axborot asimmetriyasi va makroiqtisodiy o‘zgaruvchanlik tufayli aksiyalarning real qiymatini buzib ko‘rsatadi. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida tadqiqotda mamlakat xatari mukofoti (CRP), emitent hajmi mukofoti va aksiyalarning past likvidligi uchun tuzatishlarni o‘zida mujassam etgan moslashtirilgan ko‘p omilli diskontlash modeli taklif etilgan. Taklif qilinayotgan uslubiyot fundamental baholash aniqligini oshirish, xususiylashtirish jarayonlarida adolatli narxni belgilash, IPO/SPO bitimlarini samarali tashkil etish hamda institutsional investorlar uchun baholash xatarlarini minimallashtirishga xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar