Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ANQABOYNING “XABAR, MAQOLA, SHE’R VA HIKOYA YOZISH YO‘LLARI” QO‘LLANMASINING TARKIBIY TUZILISHI

Orzigul HamroyevaToshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, filologiya fanlari doktori, professor E-mail:: [email protected] ORCID ID: 0000 -0002-3904-9712
2026
ABI

Annotatsiya

Jadid adabiyoti va uning o‘zbek adabiyoti tarixidagi o‘rni, vakillari, manbalari tadqiqi bugungi kun tadqiqotlarining asosini tashkil etsa-da, o‘rganilishi kerak bo‘lgan ilmiy mavzular, yo‘nalishlar, ijodkorlar juda ko‘p. Bu ilmiy muammolarning tadqiqi, tadqiq asosidagi xulosalari XX asr boshlari, jadid adabiyoti borasidagi mavjud ilmiy-nazariy xulosalarni o‘zgartirishi yoki yangilashi tabiiy. Jadid adabiyoti vakili Anqaboy Xudoybaxtov davr adabiy, ilmiy hayotida o‘z o‘rniga ega shaxsiyat sifatida tadqiq etilishi zarur bo‘lgan publitsist, dramaturg, adabiyotshunoslardan biridir. Maqolada Anqaboyning “Xabar, maqola, she’r va hikoya yozish yo‘llari” qo‘llanmasining tarkibiy tuzilishi xususida to‘xtalinadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba