Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

OQ VA QORA UZUM NAVLARINING KIMYOVIY TARKIBI, POLIFENOL PROFILI VA TAHLIL USULLARI

Valijon IsaqovKokand State UniversityMuhammedjan Yunusovich IsaqovK.f.n., dotsent, Qo‘qon davlat universiteti, Kimyo kafedrasi (150101, Qo‘qon sh., Turon ko‘chasi, 23)
2026

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Maqolada Vitis vinifera L. ning oq va qora navlari mevasining kimyoviy tarkibi qiyosiy tahlil qilingan. Ikki guruh orasidagi asosiy farq meva etida emas, po‘stloqdagi polifenol majmuasida ekani ko‘rsatilgan: qora navlarda umumiy fenollar 1500–4500 mg/kg, oq navlarda 150–400 mg/kg ni tashkil etadi. Antotsianlar sintezining oq navlarda to‘xtashining genetik asosi (VvMYBA1 geni promotoriga Gret1 retrotranspozonining kirishi) yoritilgan. trans-Resveratrol, malvidin-3-O-glyukozid, (+)-katexin, kversetin va L-(+)-vino kislotasining tuzilishi va biologik roli tavsiflangan. HPLC-DAD, UHPLC-ESI-MS/MS, GC- MS, UV-Vis, FTIR va YMR usullarining qo‘llanish sohalari tizimlashtirilgan. Meva va bargning xalq va zamonaviy tabobatdagi o‘rni hamda O‘zbekiston avtoxton navlari metabolomikasini o‘rganish istiqbollari belgilangan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba