TARMOQ HUJUMLARINI ANIQLASH ARXITEKTURALARI VA AN'ANAVIY HIMOYA USULLARINING TAHLILI
Annotatsiya
Mazkur maqolada tarmoq hujumlarini aniqlash tizimlarining mavjud arxitekturalari va an'anaviy himoya usullari tahlil qilinadi. Xususan, markazlashgan va taqsimlangan IDS arxitekturalari, imzoga asoslangan aniqlash, anomaliyalarni aniqlash, holatli protokol tahlili hamda xavfsizlik hodisalarini korrelyatsiyalash mexanizmlarining ishlash tamoyillari, afzalliklari va cheklovlari o'rganiladi. Tahlil natijasida mavjud yondashuvlarning imkoniyatlari va muammolarini hisobga olgan holda, tarmoq trafigini yig'ish, qayta ishlash, hujumlarni aniqlash, hodisalarni korrelyatsiyalash va javob choralarini amalga oshirish jarayonlarini qamrab oluvchi olti qatlamli gibrid arxitektura taklif etiladi. Taklif etilgan arxitektura an'anaviy aniqlash mexanizmlarini yagona tizim doirasida integratsiyalashga qaratilgan.