XITOZAN BILAN MODIFIKATSIYALANGAN BENTONITLARNING OQOVA SUVDAGI Cr(VI) IONLARINI ADSORBSIYALASHDA TERMODINAMIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH VA TAHLIL QILISH
Annotatsiya
Xitozan bilan modifikatsiya qilingan adsorbent yordamida oqova suvdagi Cr(VI) ionlarini adsorbsiya qilish uchun tajribalar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida quyidagilarni xulosa qilish mumkin. Suv resurslarining Cr(VI) ionlari bilan ifloslanishi global ekologik muammolardan biridir. Xrom mutagen modda bo‘lib, konserogen ta’siri genetik mutasiya xavflarni yuzaga keltiradi. Shu tufayli suv resurslaridan Cr(VI) ionlarini samarali adsorbenlar yordamida tozalash mexanizmini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Navbahor bentoniti (Na-NB) va xitozan bilan modifikatliyalangan (Ch/BA) adsorbentlariga Cr(VI) ionlari samarador adsorbsiyalash uchun maqbul sharoitlar: Harorat 303 K, pH= 6.0-7.0 va adsorbent miqdori 1.5 g/L suvli eritmasidagi Cr (VI) ning 85,51% ga qadar tozalashi aniqlangan. Ch/BA adsorbentiga Cr(VI) ionlari Gibbsning erkin energiyasini (∆G°) qiymatlari: 288K -15.132 (kJ/mol); 293K -15.376 (kJ/mol) va 303K da - 15.938 (kJ/mol)ga teng ekanligi aniqlandi. Na-NB va Ch/BA adsorbentlarida Gibbsning erkin energiyasini (∆G) manfiy qiymati adsorbsiyalanish o‘z - o‘zidan borishini izohlaydi. Adsorbsiyalanish entropiyasining (∆S°= Na-NB uchun 0.0472 J/mol•K va Ch/BA uchun 0.0531 J/mol•K) musbat qiymati qattiq-suyuq fazali sistemada tasodifiylikning oshganligini ko’rsatdi.