Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni o‘qitishda raqamli egizak va sun’iy intellekt yordamchisiga asoslangan 3D virtual laboratoriya

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” yo‘nalishi talabalari uchun RU-DRIVE CCS 05 laboratoriya stendining raqamli modeli asosida yaratilgan vebbrauzerda ishlovchi 3D virtual laboratoriya tavsiflanadi. Laboratoriya nasos stansiyasining gidravlikelektr modeli, SCADA dispetcherlik ekrani, uchta o‘quv qo‘llanmadan tuzilgan bilimlar bazasiga ega 3D kutubxona, sun’iy intellekt (SI) yordamchisi va savol-javob banki bilan o‘quv markazini yagona muhitda birlashtiradi. SI yordamchi javoblarni faqat kutubxonadan BM25 algoritmi bilan topilgan bo‘limlarga tayangan holda, manbani ko‘rsatib shakllantiradi (RAG yondashuvi). Tizimning texnik ko‘rsatkichlari, nasos agregatining chastotaviy rostlash tavsiflari va bilimlar bazasidagi qidiruv aniqligi bo‘yicha natijalar keltirilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar