SURXONDARYO ANORI — UROLITIN A PREKURSORLARINING STRATEGIK MANBAI: MUSHAK VA YURAK SALOMATLIGINI SAQLASHDA ZAMONAVIY ISTIQBOLLAR
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Surxondaryo viloyatining tabiiy-iqlim sharoitida yetishtirilgan anor navlari tarkibida ellagitanninlar va polifenollar yuqori konsentratsiyada to‘planishi aniqlangan. Mazkur biofaol birikmalar ichak mikrobiotasi ta’sirida Urolitin A ga metabolizatsiyalanib, mitofagiya jarayonini faollashtiradi hamda mitoxondrial funksiyalarning tiklanishiga yordam beradi. Ushbu jarayon skelet mushaklari chidamliligini oshirish, qon plazmasidagi seramidlar miqdorini kamaytirish va yurak-qon tomir tizimini himoyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Surxondaryo anorining qalin po‘stlog‘i ellagitanninlarning boy manbai sifatida farmatsevtika va nutrisevtika sanoati uchun istiqbolli xomashyo bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Hali tarjima qilinmagan