Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA HIKMATNAVISLIK AN’ANASINING VUJUDGA KELISHI

Islombek Sultonalievich Mannopovfilologiya fanlari doktori, Farg‘ona davlat universiteti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada Xoja Ahmad Yassaviyning «Devoni hikmat» asari ta’sirida o‘zbek mumtoz adabiyotida hikmatnavislik an’anasining shakllanishi va rivojlanishi masalasi yoritiladi. Hikmatnavislikning yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatgan arab-fors tasavvuf adabiyoti, turkiy xalqlarning og‘zaki diniy she’riyati hamda ma’rifiy g‘oyalarni turkiy tilda targ‘ib etish ehtiyoji tahlil qilinadi. Shuningdek, hikmatlarning diniy-ma’rifiy va axloqiy-tarbiyaviy vazifalari ochib beriladi. «Devoni hikmat», «Boqirg‘on kitobi» hamda qo‘lyozma va toshbosma manbalar asosida Sulaymon Boqirg‘oniy (Hakim ota), Hubbi xoja, Toj xoja, Zangi ota kabi yassaviylik an’anasi vakillarining hikmatnavislik rivojidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Tahlillar hikmat aytish an’anasi XII asrda shakllanib, keyingi asrlarda ham davom etganini ko‘rsatadi. Hikmatnavislikning o‘zbek mumtoz tasavvuf adabiyoti taraqqiyotidagi ahamiyati asoslanadi. Tayanch so‘zlar: Xoja Ahmad Yassaviy, «Devoni hikmat», hikmatnavislik an’anasi, yassaviylik izdoshlari, tasavvuf adabiyoti, adabiy ta’sir. ВОЗНИКНОВЕНИЕ ТРАДИЦИИ НАПИСАНИЯ ХИКМАТОВ В УЗБЕКСКОЙ КЛАССИЧЕСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba