AMUDARYO QUYI OQIMI VA GIDROMORF EKOTIZIMLARDA MAYDA KEMIRUVCHILAR (MERIONES TAMARISCINUS, MERIONES MERIDIANUS) POPULYATSIYALARINING EKOLOGIK MOSLASHUV XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Amudaryoning quyi oqimi hamda gidromorf ekotizimlarda uchraydigan mayda kemiruvchilar populyatsiyalarining adaptatsion strategiyalari va ekologik moslanish mexanizmlari o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida hududning tabiiy-iqlim sharoiti, tuproq va o‘simlik qoplami, oziqa resurslari hamda antropogen omillarning kemiruvchilar soniga ta’siri tahlil qilindi. Kuzatishlar natijasida qopqonga tushgan kemiruvchilarning 60 % ini yarim kun qumsichqoni tashkil etgani aniqlandi. Shuningdek, qo‘shoyoq – 26 %, yulg‘un qum sichqoni – 10 % va uy sichqoni – 4 % ni tashkil etdi. Ayrim biotoplarda katta qum sichqonining zichligi 1 gektarga 7–8 individ, sariq yumronqoziqniki 4–5 individ hamda ingichka barmoqli qo‘shoyoqniki 2–3 individga teng bo‘ldi. Tadqiqot natijalari mayda kemiruvchilarning gidromorf ekotizimlarga moslashuvi ularning ekologik plastiklik xususiyatlari, populyatsion barqarorligi va tashqi muhit omillariga chidamliligi bilan bevosita bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Olingan ma’lumotlar hudud bioxilma-xilligini saqlash va kemiruvchilar ekologiyasini baholashda muhim ilmiy ahamiyatga ega.
Hali tarjima qilinmagan