Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KORXONADA STRATEGIK MOLIYAVIY HISOBNING IQTISODIY MOHIYATI VA BOSHQARUV TIZIMIDAGI O'RNI

Umarova Shaxlo AbduvaliyevnaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada korxonada strategik moliyaviy hisob tushunchasining nazariy mazmuni, uning moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi va strategik boshqaruv bilan o‘zaro bog‘liqligi tizimli ravishda tadqiq etildi. Tadqiqot doirasida strategik boshqaruv hisobi konsepsiyasining shakllanish bosqichlari, tashqi va ichki axborotlardan foydalanish xususiyatlari, uzoq muddatli qiymat yaratish, raqobat ustunligini qo‘llab-quvvatlash hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi vazifalari qiyosiy tahlil qilindi. Kontent-tahlil, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv va konseptual modellashtirish usullari asosida “strategik moliyaviy hisob” kategoriyasiga mualliflik ta’rifi ishlab chiqildi, uning maqsadi, tamoyillari, funksiyalari, obyektlari va axborot konturi aniqlashtirildi. Natijada strategik moliyaviy hisob korxonaning retrospektiv moliyaviy ma’lumotlarini tashqi muhit, raqobatchilar, risklar va istiqbolli pul oqimlari haqidagi ma’lumotlar bilan integratsiyalovchi, strategik qarorlarni axborot-tahliliy jihatdan ta’minlovchi tizim sifatida asoslandi. Maqolada mazkur tizimning korxona boshqaruvidagi o‘rnini ifodalovchi konseptual model va amaliy joriy etish uchun nazariy takliflar keltirilgan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar