STRUCTURE AND PROPERTIES OF COMPLEXES FORMED BY 5- PHENYLAMINO-1,3,4-THIADIAZOLE-2-THIONE WITH NI(II), CO(II), AND CU(II) SALTS: IDENTIFICATION OF COORDINATION BONDS AND FUNCTIONAL GROUPS
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda 5-fenilamino-1,3,4-tiadiazol-2-tion asosidagi Co(II), Ni(II) va Cu(II) tuzlari bilan komplekslarining koordinatsion tuzilishi hamda elektron xossalari infraqizil IQ-Furye va UV–Vis-spektroskopiya usullari yordamida kompleks ravishda o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi 5-almahsgan amino-1,3,4-tiadiazolning metall ionlari bilan o‘zaro koordinatsion ta’siri, donor markazlarning bog‘lanish tabiati hamda kompleks hosil bo‘lish jarayonida yuzaga keladigan elektron delokalizatsiyasini spektral jihatdan ilmiy asoslashdan iboratdir. Cu(II) kompleksi misolidagi ligand–metall elektron o‘zaro ta’sirining tabiati va zaryad ko‘chishi mexanizmlari UV–Vis-spektral tadqiqotlari asosida aniqladi. Unga ko‘ra 300–330 nm oralig‘ida kuzatilgan intensiv yutilish maksimumlari aromatik fragment va 1,3,4-tiadiazol halqasining π→π* intra-ligand elektron o‘tishlariga mos keladi.
Hali tarjima qilinmagan