Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BO‘LAJAK OILA SHIFOKORLARIDA KASBIY MOTIVATSIYANI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK ASOSLARI

Xalmuxamedov B. TaxirovichToshkent davlat tibbiyot universiteti, 1-son oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar va preventiv tibbiyot asoslari kafedrasi assistenti, mustaqli izlanuvchisi. Toshkent, 100109, Oʻzbekiston
2026uz

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak oila shifokorlarida kasbiy motivatsiyani shakllantirish masalasi pedagogik va psixologik yondashuvlar asosida yoritilgan. Tadqiqotda kasbiy motivatsiyaning mohiyati, tuzilmasi hamda tibbiy ta’lim jarayonida unga ta’sir etuvchi omillar ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonining mazmuni, o‘qitish metodlari va pedagogik muhitning kasbiy motivatsiyani rivojlantirishdagi o‘rni asoslab beriladi. Shuningdek, ichki motivatsiya, kasbiy identifikatsiya va refleksiv faoliyatning bo‘lajak shifokorlar tayyorgarligidagi ahamiyati ochib beriladi. Olingan xulosalar tibbiy ta’lim tizimida kasbiy motivatsiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik va psixologik mexanizmlarni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba