TALABALARDA OTA-ONALIK USTANOVKALARI: IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MAZMUNI, TUZILISHI VA SHAKLLANISH DETERMINANTLARI (NAZARIY TAHLIL)
Annotatsiya
Ota-onalik ustanovkasi farzand tug‘ilishidan ancha oldin, talabalik davrida faol shakllanadi. Biroq bu tushuncha psixologik adabiyotda turlicha talqin qilinadi: u ba’zan tarbiya uslubi, ba’zan reproduktiv niyat, ba’zan esa bolaga emotsional munosabat bilan aynan bir deb qaraladi. Bu holat talabalar bilan ishlashda diagnostika va rivojlantirish vazifalarini aniq belgilashni qiyinlashtiradi. ustanovka va ota-onalik ustanovkasiga oid asosiy yondashuvlarni tahlil qilish asosida talabalarda ota-onalik ustanovkasining ijtimoiy-psixologik mazmuni, tuzilishi, funksiyalari va shakllanish determinantlarini nazariy jihatdan asoslash. Materiallar va metodlar. Ijtimoiy ustanovka nazariyalari, ota-onalik psixologiyasi va ota-onalik determinantlari bo‘yicha klassik hamda zamonaviy manbalar nazariy-metodologik, qiyosiy-tahliliy, tizimli-tarkibiy tahlil va kontseptual modellashtirish metodlari asosida o‘rganildi. Natijalar. Ota-onalik ustanovkasi talabaning kelajakdagi ota-onalik roliga, bolaga va tarbiyaviy vaziyatlarga nisbatan tayyorligini belgilovchi ijtimoiy-psixologik tuzilma sifatida aniqlashtirildi. Uning tarkibida motivatsion-aksiologik, kognitiv-refleksiv, emotsional-regulyativ va xulq-atvor komponentlari ajratildi. Ustanovka shakllanishining to‘rt guruh determinanti - oilaviy-rolga oid, guruhiy-ijtimoiy, refleksiv-kommunikativ va emotsional-regulyativ - hamda konstruktiv ota-onalik ustanovkasining mezonlari asoslandi. Xulosa. Taklif etilgan nazariy model ota-onalik ustanovkasini talabaning shaxsiy xususiyati sifatida emas, balki oila, tengdoshlar guruhi va ta’lim muhiti ta’sirida rivojlanadigan dinamik tuzilma sifatida talqin qiladi. U talabalarni ota-onalikka tayyorlash bo‘yicha diagnostik va rivojlantiruvchi ishlarni loyihalash uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan