BÖLAJAK ÖQITUVÇILARNING METAKOGNITIV FAOLIYATINI RIVOJLANTIRIŞDA REFLEKSIV TOPŞIRIQLARDAN FOYDALANIŞ
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada bölajak öqituvçilarning metakognitiv faoliyatini rivojlantirişda refleksiv topşiriqlardan foydalanişning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Nazariy tahlil metodi orqali metakognitiv faoliyat va pedagogik refleksiya örtasidagi boğliqlik oçib berilgan. Refleksiv topşiriqlar faoliyatni rejalaştiriş, uni bajariş jarayonini kuzatiş va natijalarni baholaş yönalişlari böyiça tizimlaştirilgan. Matematika ta'limiga oid misol orqali yeçiş strategiyasini asoslaş, xatolar sabablarini tahlil qiliş va pedagogik qarorlarni izohlaşga qaratilgan topşiriqlarning mazmuni körsatilgan. Refleksiv javoblarni tahlil qiliş mezonlari hamda topşiriqlarni qöllaş böyiça metodik tavsiyalar taklif etilgan. Olingan xulosalar nazariy-metodik xususiyatga ega bölib, takliflarning amaliy samaradorligini empirik tekşiriş zarurligi qayd etilgan. Kalit sözlar: bölajak öqituvçi, metakognitiv faoliyat, pedagogik refleksiya, refleksiv topşiriq, rejalaştiriş, metakognitiv monitoring, özini özi baholaş, öquv strategiyasi, pedagogik tayyorgarlik.