Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

RAQAMLI IQTISODIYOT VA SUN’IY INTELLEKT DAVRIDA KIBERJINOYATLARNI KVALIFIKATSIYA QILISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

Saliyeva Muxlisa Mansur qiziToshkent davlat yuridik universiteti magistranti Moliyaviy-huquqiy monitoring yo‘nalishi Ilmiy darajasi: magistrant
2026en
ABI

Annotatsiya

Maqolada kiberjinoyatlarning huquqiy tabiati, tasnifi va ularga qarshi kurashni takomillashtirish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun, Budapesht konvensiyasi hamda Yevropa Ittifoqi, AQSH va Singapur qonunchiligi asosida tahlil qilinadi. Kiberjinoyatlarning to‘rt guruhli tasnifi milliy normalar va Budapesht konvensiyasi tuzilmasi bilan solishtiriladi, kiberjinoyatchi shaxsining tiplari va kriminogen motivatsiya darajalari ajratiladi. Qonunchilikdagi bo‘shliqlar (atamalar, virtual aktivlar, deepfake, elektron dalillar, javobgarlik yoshi) aniqlanib, Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish va muhim axborot infratuzilmasini himoya qilish bo‘yicha takliflar asoslanadi. Takliflar 2025–2026-yillardagi milliy islohotlar hamda O‘zbekistonning Budapesht konvensiyasiga qo‘shilish va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kiberjinoyatchilikka qarshi konvensiyasi bo‘yicha qadamlari kontekstida ko‘rib chiqiladi. Axborot texnologiyalari orqali sodir etilgan jinoyatlar soni 2019-yildagi 863 tadan 2024-yilda 58 800 taga yetgani qayd etiladi. Muallif Jinoyat kodeksiga «Kiber-firibgarlik» va raqamli qiyofaga tajovuz bo‘yicha yangi normalarni kiritish, virtual aktivlarni «o‘zganing mulki» tushunchasiga qo‘shish hamda javobgarlik yoshini pasaytirishni (gipoteza sifatida) taklif etadi. Olingan natijalar konseptual xarakterga ega bo‘lib, kelgusida sud amaliyoti tahlili bilan to‘ldirilishi lozim.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar