SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA GAMIFIKATSION DIDAKTIK TIZIM YARATISHNING IMKONIYATLARI VA CHEGARALARI
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot sun’iy intellekt (SI) asosida gamifikatsion didaktik tizimlarni yaratishning pedagogik imkoniyatlari va ularning amaliy cheklovlarini tizimli tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi - mavjud ilmiy ishlarda yetarlicha yoritilmagan adaptiv gamifikatsiya modelini ishlab chiqish va uning didaktik samaradorligini baholashdan iborat. Tadqiqotda aralash metodologiya qo‘llanilib, kvantitativ va sifatli tahlil usullari integratsiyalangan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, SI asosidagi gamifikatsiya o‘quvchilarning motivatsiyasi va individual o‘rganish trayektoriyasini sezilarli darajada yaxshilaydi, biroq texnologik, etik va metodik cheklovlar mavjud. Tadqiqot ilmiy yangiligi - adaptiv gamifikatsion didaktik tizimning integrativ modeli ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
Hali tarjima qilinmagan