Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI QISQARTMA SO‘ZLARNING TURLARI VA TASNIFI

Majidova Nilufar Bahodir qiziTermiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri E-mail: [email protected] Orcid: https://orcid.org/0009-0001-7483-7378Salomova Gavhar
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi qisqartma so‘zlarning shakllanish xususiyatlari, strukturaviy-semantik turlari, fonetik realizatsiyasi hamda funksional-uslubiy tasnifi qiyosiy lingvistik nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Zamonaviy kommunikatsiya jarayonida til birliklarining iqtisodlashuvi natijasida yuzaga kelayotgan qisqartmalar ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va raqamli diskursning faol tarkibiy qismlaridan biriga aylanmoqda. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida qo‘llaniladigan qisqartmabirliklarning umumiy va farqli belgilarini aniqlash, ularni hosil bo‘lish mexanizmi, talaffuzi, semantik mustaqilligi va kommunikativ vazifalari asosida tizimlashtirishdan iborat. Tadqiqot jarayonida qiyosiy-tipologik, tavsifiy, strukturaviy-semantik, komponentli va kontekstual tahlil usullaridan foydalanildi. Tahlil uchun ikki tildagi siyosiy, ilmiy, ta’limiy, texnologik va kundalik muloqotga xos qisqartmalar namuna sifatida tanlandi. Natijalar qisqartmalarning initsial, akronimik, bo‘g‘inli, aralash, grafik hamda leksik qisqarish shakllarida namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Shuningdek, ingliz tilida qisqartma va akronimlarning fonetik hamda leksik jihatdanmoslashuvi, o‘zbek tilida esa xalqaro va o‘zlashgan qisqartmalarning milliy grammatik tizim bilan munosabati muhim o‘rin tutishi asoslanadi. Maqolada qisqartmalarni shakliy, fonetik, semantik, kelib chiqish va funksional mezonlar asosida ko‘p o‘lchovli tasniflash taklif etiladi. Tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik, leksikologiya, terminologiya, tarjimashunoslik va leksikografiya yo‘nalishlaridagi ilmiy izlanishlar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar