INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA O‘RIN-JOY OTLARI VA ULARNING ONOMASTIK BIRLIKLAR BILAN MUNOSABATI
Annotatsiya
Maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi o‘rin-joy otlari tushunchasining mazmuni va chegarasi belgilanib, ularning onomastik birliklar bilan munosabati tahlil qilingan. Tilshunoslikdagi “joy otlari” “nomina loci”, “place nouns”, “пространственная лексика” kabi atamalar qiyoslanib, tub, yasama va qo‘shma so‘zlarni birgalikda qamrab oluvchi kengroq talqin asoslangan. Umumiy makon otlari hisoblangan joy, o‘rin, yer, makon - place, space, site, area kabi so’zlar maydon yadrosi sifatida ajratilib, ularning moddiy belgilardan mavhumlashuvi yoritib berilgan. Maydonga kirmaydigan va uning periferiyasida turgan tashkilot nomlari, diniy-mifologik makon nomlari, bino qismlari kabi birliklar aniqlangan. Apellyativ va onim chegarasi, onimizatsiya va deonimizatsiya jarayonlari hamda urbanonimlarda inglizcha o‘rin-joy otlarining faollashuvi ko‘rsatilgan.