ARALASH TA’LIM (BLENDED LEARNING): OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA ARALASH TA’LIM MODELLARINI (FLIPPED CLASSROOM – “TO‘NTARILGAN SINF”) JORIY ETISHNING PEDAGOGIK SAMARADORLIGI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida aralash ta’lim texnologiyalarini joriy etishning pedagogik imkoniyatlari va samaradorlik omillari tahlil qilinadi. Xususan, Flipped Classroom – “To‘ntarilgan sinf” modeli asosida o‘quv jarayonini tashkil etish, talabalarning mustaqil bilim olishini rivojlantirish hamda auditoriya mashg‘ulotlarini interfaol metodlar bilan boyitish masalalari yoritiladi. Shuningdek, raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish, o‘qituvchi va talaba faoliyatining o‘zgarishi, ta’lim natijalarini baholash mexanizmlari o‘rganiladi. Tadqiqotda aralash ta’limning afzalliklari, uni amalga oshirishdagi pedagogik muammolar va samarali tashkil etish shartlari ilmiy manbalar asosida umumlashtirilib, oliy ta’lim amaliyoti uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi.