MAKTABGAÇA YOŞDAGI BOLALARNING TADQIQOTÇILIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRIŞ ORQALI MAKTABGA TAYYORLAŞ
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada maktabgaça katta yoşdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlaş jarayonida tadqiqotçilik qobiliyatlarini rivojlantirişning ahamiyati, mazmuni va pedagogik texnologiyasi yoritilgan. Bolaning tabiiy qiziquvçanligi va izlanuvçan faolligi maktabga tayyorgarlikning motivatsion, intellektual va regulyativ jihatlarini bir vaqtning özida rivojlantiriş imkonini beruvçi muhim manba ekanligi asoslangan. Mahalliy va xorijiy tadqiqotlar tahlili asosida "tadqiqotçilik qobiliyatlari" tuşunçasiga aniqlik kiritilgan, uning tarkibiy qismlari – muammoni köriş, savol beriş, faraz ilgari suriş, kuzatiş va tajriba ötkaziş, tasniflaş, xulosa çiqariş hamda natijalarni taqdim etiş könikmalari – aniqlangan va ularning maktabga tayyorgarlik komponentlari bilan özaro aloqasi körsatib berilgan. Bolalar tadqiqotining olti bosqiçli tuzilmasi, uni taşkil etişning asosiy şakllari (tajriba va eksperimentlar, kolleksiyalaş, "vaqt daryosi" va xarita böylab sayohat, mini-loyiha), "kiçik laboratoriya" muhiti, pedagogning yönaltiruvçi roli hamda oilaning iştiroki bayon etilgan. Tadqiqotçilik qobiliyatlarining rivojlanganlik mezonlari va darajalari işlab çiqilgan.