Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

DORIVOR LIMONO‘T VA QIZILMIYA O‘SIMLIKLARI KOMPOZITSIYALARINING ANTIRADIKAL FAOLLIGI

Ibragim Rakhmanovich AskarovAndijan State UniversityIrodaxon Yusupovna MamatovaAndijan State UniversityM.G.Numonjonov
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda xalq tabobatida qadimdan qo‘llanib kelinayotgan dorivor limono‘t (Melissa officinalis L.) va qizilmiya (Glycyrrhiza glabra L.) o‘simliklari asosida turli nisbatlarda tayyorlangan kompozitsiyalarning suvli hamda etil spirtli ekstraktlari antioksidant xususiyatlari o‘rganildi. Ekstraktlarning erkin radikallarni neytrallash qobiliyati 2,2-difenil-1-pikrilgidrazil (DPPH) radikali yordamida baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘rganilgan o‘simlik kompozitsiyalarining barchasida antiradikallik faolligi mavjudligi qayd etildi. DPPH radikalining 50 % miqdorini ingibirlashga zarur bo‘lgan ekstrakt hajmlari 1:1, 1:3 va 3:1 nisbatlarda tayyorlangan namunalar uchun aniqlanib, suvli va etil spirtli ekstraktlarning faollik ko‘rsatkichlari o‘zaro taqqoslandi. Ayniqsa, limono‘t va qizilmiya 3:1 nisbatdagi kompozitsiyasining yuqori antiradikallik faollik namoyon qilishi ushbu o‘simlik xomashyosi asosida oksidlovchi stress bilan bog‘liq jarayonlarni kamaytirishga yo‘naltirilgan samarali shifobaxsh vositalar sifatida qo‘llanilishi mumkinligiga dalolat berdi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar