Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARDA EXINOKOKKOZ PROFILAKTIKASINING GIGIYENIK JIHATLARI

Botirbek Jo‘rayevQo‘qon universiteti Andijon filiali o‘qituvchisi
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda exinokokkoz kasalligining oldini olishga qaratilgan sanitariya-gigiyenik tadbirlar va profilaktik yondashuvlar tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida 200 nafar maktabgacha yoshdagi bolaga mo‘ljallangan so‘rovnoma savollari asosida exinokokkoz kasalligi haqidagi xabardorlik, uning yuqish yo‘llari, uy hayvonlari bilan muloqot qilish, shaxsiy gigiyena va oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri yuvish bo‘yicha bilimlarni baholash masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, kasallikning tarqalishida itlarning epidemiologik ahamiyati, parazit tuxumlari bilan ifloslangan tashqi muhit omillari va gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirishning ahamiyati yoritilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning yosh xususiyatlariga mos sanitariya-ma’rifiy mashg‘ulotlar, didaktik o‘yinlar va ko‘rgazmali materiallardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot yo‘nalishlari exinokokkoz profilaktikasida bolalar, tarbiyachilar va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini asoslaydi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba