INNOVATSION BANK XIZMATLARI DAROMADLARINING BANK KAPITALIGA TA'SIRI: OʻZBEKISTON TIJORAT BANKLARI MISOLIDA
Shirin UsmonovaSamarqand iqtisodiyot va servis instituti tayanch doktoranti
2026uz
ABI
Annotatsiya
Maqolada innovatsion bank xizmatlari bilan bogʻliq daromadlarning tijorat banklari kapitaliga ta'siri rentabellik va kapital yetarliligi kanallari boʻyicha baholangan. Oʻzbekiston bank tizimining 2017-2025-yillar ma'lumotlari asosida koʻp omilli regressiya va kapital yetarliligi dekompozitsiyasi qoʻllanilgan. Muammoli kreditlar ulushi ROE ga eng ishonchli ta'sir qilishi, foizsiz daromadlar ta'siri esa musbat boʻlsa-da, statistik jihatdan barqaror emasligi aniqlangan. Innovatsion daromadga toʻgʻri keluvchi foydani kapitalga yoʻnaltirish qoidasi yordamchi vosita sifatida taklif etilgan.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba