DORIVOR GULXAYRI (ALTHAEA OFFICINALIS L.) NING O‘SISHI VA POYA-BARG HOSILDORLIGIGA EKISH MUDDATI HAMDA ORGANIK O‘G‘ITLASHNING TA’SIRI
Annotatsiya
Tadqiqotda dorivor gulxayri (Althaea officinalis L.) poya va barg hosildorligiga ekish muddati hamda organik o‘g‘itlashning ta’siri o‘rganildi. Dala tajribalari 2023–2025-yillarda Andijon, Beshariq va Kosonsoy tumanlarida uchta muddatda ekildi (20.03, 05.04 va 20.04) hamda 25 t/ga qoramol go‘ngi qo‘llash variantlarida, 60×20×2 sm ekish sxemasi va uch takrorlikda olib borildi. Natijalar 20-martda ekilgan va organik o‘g‘it qo‘llanilgan variantda poya va barg hosildorligi barcha hududlarda yuqori bo‘lganini ko‘rsatdi. 2025-yilda ushbu variantda hosildorlik Andijonda 14,2, Beshariqda 11,9 va Kosonsoyda 13,2 s/ga ni tashkil etdi. Ekish muddatining kechiktirilishi hosildorlikning pasayishiga olib keldi. Tadqiqot natijalari dorivor gulxayri yetishtirishda erta ekish va organik o‘g‘itlash yuqori poya va barg hosildorligini ta’minlashini ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan