Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ELEKTRON SHARTNOMA TUSHUNCHASI VA UNING FUQAROLIK-HUQUQIY TABIATI: ELEKTRON SHAKLNING MODDIY VA PROTSESSUAL JIHATLARI HAMDA XALQARO DOKTRINALAR TAHLILI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada elektron shartnoma tushunchasi va uning fuqarolik-huquqiy tabiati elektron shaklning moddiy-huquqiy hamda protsessual jihatlari bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Maqolaning maqsadi elektron shartnomani mustaqil shartnoma turi sifatida emas, balki fuqarolik-huquqiy shartnomaning raqamli shaklda ifodalanishi sifatida asoslash, elektron rozilik, elektron hujjat, elektron imzo, oferta va aksept, shuningdek, elektron dalillar institutlari bilan bog‘liq nazariy va amaliy muammolarni aniqlashdan iborat. Maqolada O‘zbekiston qonunchiligi, UNCITRAL model qonunlari, BMTning elektron kommunikatsiyalar to‘g‘risidagi konvensiyasi, Yevropa Ittifoqining eIDAS reglamenti, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya tajribasi qiyosiy-huquqiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida elektron shartnomaning mazmuni an’anaviy shartnoma institutidan ajralmasligi, biroq uning shakli, taraflarni identifikatsiya qilish mexanizmi, rozilikni tasdiqlash usuli va sudda isbotlanish tartibi raqamli muhit xususiyatlari bilan belgilanishi asoslandi. Shuningdek, elektron shartnomalarda platforma operatorining roli, smart-kontraktlardan farqli jihatlar, elektron oferta va elektron akseptni aniqlash mezonlari hamda elektron dalillarni baholash talablari ochib berildi. Maqolaning ilmiy yangiligi elektron shartnomani fuqarolik-huquqiy kelishuv, elektron hujjat, raqamli identifikatsiya vositasi va protsessual dalil sifatida kompleks tahlil qilishda namoyon bo‘ladi

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar