RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA AKT RESURSLARIDAN UNUMLI FOYDALANISHNING STRATEGIK MUVOFIQLIGI
Annotatsiya
Ushbu maqolada respublikada fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari bilan uzviy bogʻliqlikda tadqiqot muammosining oʻrganilganlik darajasi har tomonlama yoritilgan, tadqiqot obyekti va predmeti tavsiflangan hamda olingan amaliy natijalar bayon etilgan. Jadal rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot oʻzining dastlabki shakllanish bosqichini oʻtayotgan boʻlib, jamiyatning toʻliq raqamli-axborot bosqichiga oʻtishi taqriban bir necha yil davom etishi kutilmoqda. Mazkur optimallashtirish jarayonlarining samaradorligini oshirish ma'lumotlarni ilgʻor va tizimli boshqarish zaruriyatini taqozo etadi. Iqtisodiyotni samarali boshqarish tizimida axborotkommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) jadal integratsiyalashuvi kuzatilmoqda. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha reyting tizimi hamda uni amalga oshirishning idoralararo mexanizmlariga tayanib, respublika tashkilotlari va tarmoqlarini raqamli transformatsiyalashning joriy holati kompleks tahlil qilindi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarning raqamlashtirish tajribasi qiyosiy tahlil qilindi. EN This article comprehensively examines the extent to which the research problem has been studied in close connection with the priority areas for the development of science and technology in the republic. It also describes the object and subject of the research and presents the practical results obtained. In the context of a rapidly developing global economy, the digital economy is undergoing its initial stage of formation, while the transition of society to a fully digital and information-based stage is expected to take several years. Improving the efficiency of these optimization processes requires advanced and systematic data management. The rapid integration of information and communication technologies (ICT) is increasingly observed within the system of effective economic management. Based on the rating system for digital economy development and the interagency mechanisms for its implementation, the current state of digital transformation in organizations and economic sectors of the republic was comprehensively analyzed. In addition, the digitalization experience of foreign countries was examined through comparative analysis. RU В статье всесторонне рассмотрена степень изученности исследуемой проблемы во взаимосвязи с приоритетными направлениями развития науки и технологий в республике, охарактеризованы объект и предмет исследования, а также представлены полученные практические результаты. В условиях динамично развивающейся мировой экономики цифровая экономика находится на начальном этапе своего формирования, при этом переход общества к полноценному цифровому и информационному этапу, как ожидается, займет несколько лет. Повышение эффективности данных оптимизационных процессов обусловливает необходимость современного и системного управления данными. В системе эффективного управления экономикой наблюдается активная интеграция информационно-коммуникационных технологий (ИКТ). На основе рейтинговой системы развития цифровой экономики и межведомственных механизмов ее реализации проведен комплексный анализ текущего состояния цифровой трансформации организаций и отраслей экономики республики. Кроме того, осуществлен сравнительный анализ опыта цифровизации зарубежных стран.