Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

CAPPARIS SPINOSA L. TARKIBIDAGI FLAVONOIDLARNING FITOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI VA BIOLOGIK FAOLLIGI: ZAMONAVIY TADQIQOTLAR TAHLILI

2026uz

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Capparis spinosa L. (kovul) oziq-ovqat, farmasevtika va xalq tabobatida qo‘llanib kelinadigan, biologik faol ikkilamchi metabolitlarga boy istiqbolli o‘simlik hisoblanadi. So‘nggi yillarda uning tarkibidagi polifenol birikmalar, ayniqsa flavonoidlarning kimyoviy tarkibi, o‘simlik organlari bo‘yicha taqsimlanishi va biologik xususiyatlarini o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur maqolada Scopus bazasida indekslangan jurnallarda chop etilgan zamonaviy ilmiy adabiyotlar ma’lumotlari asosida C. spinosaning fitokimyoviy tarkibi, asosiy flavonoidlari, ularni aniqlashning zamonaviy xromatografik usullari hamda biologik faolligi tahlil qilindi. Adabiyotlar tahlili kovul tarkibida rutin, kversetin, kempferol, izoramnetin, miritsetin va ularning glikozid hosilalari muhim o‘rin egallashini ko‘rsatadi. Flavonoidlarning sifat va miqdor tarkibi o‘simlik organi, geografik kelib chiqish, rivojlanish bosqichi, ekstraksiya usuli va qayta ishlash sharoitlariga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin. Zamonaviy HPLC, HPLC-DAD, LC-MS/MS va UHPLC-MS usullari kovulning individual metabolit profilini aniqlashda muhim analitik imkoniyatlar yaratadi. Mavjud ma’lumotlar C. spinosani tabiiy antioksidantlar, funksional ingredientlar va farmasevtik ahamiyatga ega biologik faol moddalar manbai sifatida baholash imkonini beradi. Shu bilan birga, mahalliy kovul xomashyosining individual flavonoid tarkibini standartlashtirilgan analitik usullarda chuqur o‘rganish keyingi tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishi hisoblanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba