Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

FIZIKA ÖQITIŞDA TADQIQOTGA ASOSLANGAN TA'LIM: NAZARIY ASOSLARI, DARAJALARI VA XORIJIY TAJRIBA

Kamola Eralijon qizi JalolovaNizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti 1-kurs tayanç doktoranti (PhD)
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada fizika öqitişda tadqiqotga asoslangan ta'limning (inquiry-based learning) falsafiy-pedagogik ildizlari, darajalari va bosqiçlari hamda xorijiy tajribasi tahlil qilingan. Özbekiston öquvçilarining PISA va TIMSS xalqaro baholaş dasturlaridagi natijalari asosida tabiiy fanlar ta'limida izlanişga asoslangan yondaşuvni kuçaytiriş zarurati asoslangan. J. Dyui va J. Bruner ğoyalari, konstruktivizm hamda MDH fizika metodikasidagi ilmiy biliş usuli konsepsiyasi qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotga asoslangan ta'limning tört darajasi va beş bosqiçli sikli fizika darsi misolida tavsiflangan. PISA, AQŞning NGSS standartlari va Yevropaning Rokar hisoboti talablari qiyosiy jadvalda umumlaştirilgan. Muallif bitta laboratoriya işini tasdiqlovçi tadqiqotdan oçiq tadqiqotgaça bölgan tört darajada taşkil etiş modelini taklif etadi. Ilmiy yangilik sifatida 8-9-sinflarda öquvçilarning izlanişdagi mustaqilligini bosqiçma-bosqiç oşirib boriş va virtual laboratoriyalardan foydalaniş şartlari asoslangan. Natijalardan fizika öqituvçilari va metodistlar laboratoriya maşğulotlarini loyihalaşda foydalanişlari mumkin.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar