BUG‘DOY DONIDA LYAMBDA-SIGALOTRIN QOLDIQLARINI GX–MS USULIDA ANIQLASH VA ULARNING VAQT BO‘YICHA O‘ZGARISHINI BAHOLASH
Nuridin Isomidinovich MukarramovKalandar BababekovNodira XusenovaAzimboy Shomurod o‘g‘li Abdukarimov
2026uz
Ochiq kirishGibrid
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda bug‘doy donida lyambda-sigalotrin insektitsidi qoldiqlarining vaqt davomida o‘zgarishi va don qismlari bo‘yicha taqsimlanishi o‘rganildi. «Killer» preparati bilan ishlov berilgan namunalar 3, 7 va 14 kundan so‘ng QuEChERS usulida tayyorlanib, gaz xromatografiyasi–mass-spektrometriya (GC–MS) usulida tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, lyambda-sigalotrin qoldiqlari don po‘stlog‘i bilan birgalikda olingan namunalarda 3 va 7-kunlarda aniqlandi, 14-kunda esa qayd etilmadi. Po‘stlog‘idan ajratilgan don namunalarida mazkur modda qoldiqlari aniqlanmadi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos2 ta foydalanilgan manba