INFOGRAFIKA VOSITASIDA TALABALARNING VIZUAL-IJODIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
Annotatsiya
Maqolada oliy ta'lim muassasalari talabalarining vizual-ijodiy fikrlashini infografika vositasida rivojlantirish texnologiyasi asoslab berilgan. Vizual-ijodiy fikrlash tushunchasining mohiyati, uning tarkibiy qismlari (vizual idrok, obrazli tasavvur, axborotni vizual kodlash, kompozitsion tafakkur va originallik) tahlil qilinadi. Infografikaning didaktik imkoniyatlari ochib berilib, texnologiyaning besh bosqichli modeli (motivatsion-diagnostik, vizual idrok va tahlil, konseptual modellashtirish, ijodiy loyihalash, taqdimot va refleksiv baholash) taklif etiladi. Shuningdek, rivojlanish darajalarini aniqlash mezonlari yoritilgan. Maqola natijalari tasviriy san'at, dizayn va boshqa yo'nalishlarda o'qitish jarayonini takomillashtirishda foydalanilishi mumkin.
Hali tarjima qilinmagan